Chempion atletlarimiz va ularning murabbiylari munosib taqdirlanishdi

0
125
marta koʻrilgan.

Bundan bir necha kun muqaddam Fijida oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 2 nafar sportchimiz Adhamjon Ergashev hamda Akbar Joʻrayev ishtirok etib, barcha yoʻnalishlar boʻyicha 6 ta oltin medalga sazovor boʻlishgandi. “Olimpiya shon-shuhrati muzeyi”da ushbu sportchilarimiz va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Oybek Kasimov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov va MOQ vitse-prezdenti Aziz Kamilov, ogʻir atletika federatsiyasi rahbariyati va OAV vakillari qatnashishdi. Unda jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan polvonlarimiz Adhamjon Eragashev hamda Akbar Joʻrayevga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining stipendiyasi – 50 000 000 soʻm, ularni tarbiyalab bergan murabbiylariga esa 20 000 000 soʻm miqdordagi pul mukofoti topshirildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan sportchilarimiz qaratilayotgan eʼtibor uchun hukumatimiz va barcha tashkilotlarga tashakkur aytib, kelajakda bundan-da yaxshi natijalarni koʻrsatishga vaʼda berishdi.

Taʼkidlash joiz, ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari kecha erta tongda uzoq muddatli oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga yoʻl olishdi.

Milliy Olimpiya qoʻmitasi Matbuot hizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.