Singapurda chim ustida xokkey boʻyicha qizlar oʻrtasida oʻtgan hafta Osiyo kubogi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Ushbu gʻoliblik bilan ular Yaponiyada oʻtkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish huquqini ham qoʻlga kiritdilar.
Qizlar musobaqada faqatgina mezbonlarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. Xitoy Taipeyi bilan durang qayd etilgan boʻlsa, Gongkong, Bahrayn va Shri-Lanka jamoalari yirik hisobda magʻlub etildi.
Shuningdek, hamyurtimiz Sabina Adizova musobaqada “Eng yaxshi sportchi” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.