Prezident Boʻstonliq tumanida tashkil etilayotgan yangi turizm maskanida boʻldi.
Bu yerda zarur infratuzilma yaratilib, kapsula shaklidagi uylardan iborat zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda. Shuningdek, bu yerda restoranlar, dor yoʻllari va changʻi uchish maydonlari boʻladi.
Oynavand kapsula uylarning oʻziga xos tomoni, ular yengil, koʻchma, kamxarj. Katta qurilish qilinmasligi bois tabiatga ham ziyon yetkazmaydi.
Davlatimiz rahbari bunday uylarni Baxmal, Shahrisabz, Boysun kabi boshqa turizm maskanlarida ham oʻrnatish sayyohlar eʼtiborini tortishini taʼkidladi.