Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligiga bagʻishlangan kitoblar

0
279
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori  qardosh qirgʻiz xalqiga ham boʻlgan chuqur hurmat namunasi deyish mumkin.
 
Ushbu qarordan kelib chiqib, koʻp yillardan beri mashhur yozuvchi ijodi, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini oʻrganib kelayotgan  Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti dotsenti, taniqli publitsist-adib Ahmadjon Meliboyev  “Chingiz Aytmatov: Davr, Inson, Haqiqat” va “Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston” nomli kitoblarini nashr ettirdi. 
 
A.Meliboyevning “Chingiz Aytmatov: Davr, Inson, Haqiqat” kitobi Chingiz Aytmatov ijodiy olami tomon sayohatga chorlaydi. Kitobda yozuvchi qalamiga mansub hikoya, roman va qissalar, ijtimoiy publitsistik maqolalar, nufuzli anjumanlardagi  salmoqli maʼruzalari Ahmadjon Meliboyevning uzoq yillik izlanishlari asosida juda chuqur tahlil qilingan. 
 
 Shuningdek, Ahmadjon Meliboyev toʻplab nashrga tayyorlagan “Chingiz Aytmatov va Oʻzbekiston” nomli xotira kitobi oʻquvchida ulugʻ ijodkorning butun hayotiga turli nuqtalardan berilgan baho, gʻoyatda qadrli samimiy,  tahliliy qarashlarni oʻz ichiga qamrab olgan.
 
Ozod Sharafiddinovning “Insoniyatning buyuk vakili”, Odil Yoqubovning “Adib va chin inson”, Abdulla Oripovning “Maʼnaviy darddoshlik” va Akmal Saidovning “Chingiz Aytmatov – diplomat” kabi yana koʻplab ijodkorlarimizning yodnomalari toʻplamdan oʻrin olgan.
Bu ikki kitob, oʻzbek kitobxonlariga Chingiz Aytmatovdek buyuk adibning ijodi barhayot ekanligini anglatib turadi. 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.