Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shenchjen shahriga tashrifi doirasidagi navbatdagi uchrashuv “CSG” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Men Chjenpin bilan boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Xitoyning elektr tarmoqlari sohasidagi yetakchi kompaniyalardan biri “CSG” tarmoqlarni qurish va boshqarishga ixtisoslashgan. Kompaniyaning bozor kapitallashuvi 60 milliard dollarni tashkil etadi.
Uchrashuvda istiqbolli kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi. Xitoy kompaniyasi ishtirokida loyihalashtirish va injiniring boʻyicha zamonaviy tizimlarni, energetik xavfsizlikni taʼminlash va energiya tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha yuksak standartlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratildi.