Dala chetlarida mahsulot yetishtirish qoʻllab-quvvatlanadi

0
83
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dala chetlarida mahsulot yetishtirishni koʻpaytirishning ustuvor vazifalarini belgilab berdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu haqda joriy yil 23 mart kuni qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha boʻlib oʻtgan yigʻilishda topshiriq berilgan edi. Shundan soʻng Kadastr agentligi tomonidan oʻtkazilgan xatlovda 60 ming gektarga yaqin dala chetlaridan toʻliq foydalanilmayotgani aniqlandi. Hisob-kitoblarga koʻra, bu maydonlardan unumli foydalanish orqali 337 ming tonna qoʻshimcha mahsulot olish imkoniyati bor.

Taqdimotda qayd etilganidek, bu ishlarni Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi tashkil etadi. Buning uchun agronomlar mavsumiy ishga qabul qilinadi. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Agentlikka biriktiriladi.

Dala chetlarida dehqonchilik qilish uchun urugʻ, koʻchat, oʻgʻit va suv taʼminoti maqsadlariga 100 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash va qayta ishlash ham muhim. Shu bois quritish va sovitish uskunalarini xarid qilishga 50 milliard soʻm ajratiladi.

Dala chetidagi zovur va suv boʻylarida 600 ming bosh parranda boqish hamda qariyb 300 mingta asalari uyasi joylashtirish imkoniyati borligi koʻrsatib oʻtildi.

Hozirda fermer xoʻjaliklari tomonidan yer maydonlari ikkilamchi ijaraga faqat 1 yilgacha beriladi. Tok, tut, terak  kabi daraxtlar koʻp yilda yetilishini hisobga olib, bu muddat 10 yilgacha etib belgilanmoqda.

Davlatimiz rahbari bu chora-tadbirlarni maʼqullab, uning ijrosini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.