Isroilda oʻtgan dzyudo boʻyicha MASTERS musobaqasidan soʻng sportchilarning yangilangan reyting jadvali eʼlon qilindi.
Turnirdan soʻng bir qator vazn toifalarida oʻzgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz sporti uchun ahamiyatlisi, Davlat Bobonov -90 kg vazn toifasida oʻz yetakchiligini saqlab qoldi. Mazkur yilda ham oʻtgan yildagi kabi oʻz vazni toifasida reytingni birinchi pogʻonada tugatadigan boʻldi.
Yil yakunidagi peshqadamlik uchun Bobonov Xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan 10 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Afsuski, Diyora Keldiyorova 52 kg vazndagilar orasida toʻrtinchi pogʻonaga tushib qoldi. Yetmish uch kg vazndagi sportchilarimiz Ahadov va Yoʻldoshev ham muvaffaqiyatga erishdi va yil reytingida sezilarli yuqoriladi.
GUJUM.UZ