Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholandi

0
45
marta koʻrilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlari qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.

Bu yil 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan oʻtkazilgan boʻlib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.

Baholash natijalariga koʻra, mazkur tashkilotlarning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:

42 tasi – yaxshi(81 — 100 ball).

38 tasi – qaniqarli (55-80 ball)

15 tasi – qoniqarsiz (55 balldan past).

Tahririyatdan: Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu raqamlarga munosabat  bildirilgan. Ulardan birida shunday deyiladi: Eng korrupsion deb baholangan tashkilotlardan biri — OLIY TAʼLIM BIRINCHI OʻRINNI XECh KIMGA BERGISI YOʻQ😅 Darhaqiqat, ushbu munosabatda taʼlim masalasi na faqat davlatning, jamiyatning, balki,  har bir oilaning dardi ekanligi  ifodalangan desak boʻladi. Biz keyingi yil korrupsiyaviy holatlarning kamayishiga umid qilamiz. Oshkoralik yaxshida…

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.