Davlat rahbari mahalladagi sharoitlar bilan tanishdi

0
87
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumani “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yoʻldoshev xonadonida boʻlib, oilaning turmush sharoitlari bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu uy yurtimizdagi obod hovlilardan biri. 10 sotix tomorqada mevali va manzarali daraxtlar, sabzavotlar ekilgan. 30 bosh naslli kurka boqilib, bir yilda 25 million soʻmgacha qoʻshimcha daromad olinmoqda.

Davlatimiz rahbari bu saʼy-harakatlarni maʼqullab, mana shunday obod xonadonlar koʻpayishi kerakligini taʼkidladi. 

— Hududlarda yurishim, har kungi harakatlarimdan maqsad — odamlarni rozi qilish, aholi jon boshiga daromadni koʻpaytirish. Ilgari chetga xomashyo sotardik. Hozir hammasini mamlakatimizda qayta ishlab, tayyor mahsulot chiqarayapmiz. Korxonalar ochilayapti, yoshlarimiz, xotin-qizlarimiz ishli boʻlayapti. Bundaylar koʻpayishi, buning uchun rivojlanish mahallada boʻlishi kerak. Mahalla yaxshi boʻlsa, davlat kuchli boʻladi. Yoshlarni bilimli, aqlli qilib tarbiyalasak, oʻz yoʻlini, ishini topadi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yurtimizga tinchlik, farovonlik tilab, duo qilindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.