Davlat rahbari Nukusdagi yangi klinika faoliyati bilan tanishdi

0
80
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti huzuridagi bolalar klinikasini borib koʻrdi

Davlatimiz rahbari bundan toʻrt yil oldin uning qurilishiga tamal toshi qoʻygan edi. Mazkur majmua shu oyda foydalanishga topshirildi.

Klinika statsionar sharoitda yiliga 3 ming 600 nafar, ambulator tarzda 22 ming 400 nafar bemorga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega. Bu yerda tugʻma va surunkali kasalligi bor bolalarga yuqori texnologiyalar asosida tashxis qoʻyiladi va davolanadi. Bolalar kardioxirurgiyasi, kichik invaziv xirurgiya, neyroxirurgiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, yuz-jagʻ xirurgiyasi, ortopediya va ginekologiya boʻlimlari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Shifoxonada 300 ga yaqin kishi ishlaydi. Professor-oʻqituvchilar va tibbiyot xodimlari Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstriya, Rossiya kabi mamlakatlardagi ilgʻor klinikalarda tajriba orttirib kelgan.

Prezidentimiz bu yerda davolanayotgan bolalarni koʻrib, onalari bilan suhbatlashdi.

— Onalarning baxti — farzand. Ana shu baxtni asrash, bemor bolalarning tezroq sogʻayishi, sogʻlomlari kasal boʻlmasligi uchun hamma harakatlarni qilamiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Institutda tibbiy taʼlim, ilm-fan va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan.

Davlatimiz rahbari shu yerda amaliyot oʻtayotgan institut talabalari bilan ham muloqot qildi. Tibbiy taʼlim muassasalarida axborot texnologiyalari boʻyicha dars soatlarini koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.