Davlat rahbarlari doʻstlik konsertida ishtirok etdilar

0
21
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov rafiqalari bilan birga Oʻzbekistonda Qirgʻiziston madaniyati kunlari boshlanishiga bagʻishlangan konsertda ishtirok etdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ikki mamlakat sanʼat ustalarining ushbu konserti chuqur tarixiy ildizlar bilan bogʻlangan, dini bir, qadriyat va anʼanalari mushtarak oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi ifodasi boʻldi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining irodasi va saʼy-harakatlari tufayli qardosh xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar esa keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.

Isteʼdodli sanʼatkorlar ijro etgan kuy-qoʻshiqlarda xalqlarimiz madaniyatining boyligi, oʻziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligi oʻz ifodasini topdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.