Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 29 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev, Nursulton Nazarboyev, Sooronboy Jeenbekov, Emomali Rahmon va Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qoʻyib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.