Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat sanʼat ustalarining konsertida ishtirok etdilar.
Oʻzbek va ozarbayjon xalqlarini umumiy tarixiy ildizlar, yagona din, oʻxshash madaniyat va urf-odatlar bogʻlab turadi.
Prezidentlarning irodasi va saʼy-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi.
Oʻzbekistonda ham, Ozarbayjonda ham ikki mamlakat madaniyat arboblarining ijodiga katta hurmat va mehr bilan qarashadi. Prezidentlar farmoni bilan, afsonaviy xonandalar Farrux Zokirov va Poʻlat Bulbul oʻgʻliga «xalq artisti» faxriy unvonlari berildi.
Konsert oʻzbek va ozarbayjon xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi, uygʻun anʼana va qadriyatlarining yana bir bor namoyon etdi.
Isteʼdodli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarda madaniyatlarimizning boyligi va rang-barangligi, shu bilan birga, mushtarakligi va oʻziga xosligi mujassam boʻldi.