Davlat rahbarlari qoʻshma loyihalarni ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar

0
27
marta koʻrilgan.

Ikki tomonlama muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Olmaota shahrida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Chirchiq shahrida M.Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston davlat universitetining filiallarini tantanali ravishda ochdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbek va qozoq oliygohlari filiallarining oʻzaro ochilishi ikki qardosh mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarning jadal rivojlanayotganidan yana bir dalolat boʻldi.

Mazkur taʼlim muassasalarida talab yuqori boʻlgan texnik yoʻnalishlar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlanadi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari «Sian — Xorgʻos — Olmaota — Sariyogʻoch — Toshkent» yoʻnalishi boʻyicha birinchi yuk poyezdining yetib kelishiga bagʻishlangan marosimda ham ishtirok etdilar.

Yuk poyezdi Sian shahridagi Qozogʻiston-Xitoy terminalidan «Xorgʻos» quruq portiga yoʻl oldi. U yerda konteynerlar qayta ortildi va Qozogʻiston temir yoʻllari boʻylab «Sariyogʻoch» stansiyasi orqali soʻnggi manzilga – «Toshkent» stansiyasiga joʻnatildi.

Ushbu yoʻnalish yuk tashish vaqtini qisqartirib, savdo hajmini oshirishga kuchli turtki beradi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.