Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti Xorazmda davom etadi

0
149
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga keldi. Davlatimiz rahbari Urganch xalqaro aeroportida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni kutib oldi. 

Xorazmda ushbu tashrifga katta tayyorgarlik koʻrilgan. Prezidentlarni kutib olish uchun Urganch xalqaro aeroporti va koʻchalarga minglab odamlar chiqqan.

Tashrif dasturidan bir qator madaniy tadbirlar oʻrin olgan. Davlat rahbarlarining Urganch tumanidagi “Ulli hovli”, Xiva shahridagi “Ichan qalʼa” va Nurillaboy tarixiy majmualarni borib koʻrishi, Xorazm viloyati drama teatrida Oʻzbekiston – Turkmaniston sanʼat ustalarining konsert dasturida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here