Davlat xizmatlari xalq farovonligi yoʻlida

0
292
marta koʻrilgan.

Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Xonqa tumanida anʼanaviy «Mobil sayyor davlat xizmatlari» uyushtirildi.  Tadbir «Obod qishloq» dasturiga asosan ulugʻvor oʻzgarishlar amalga oshirilayotgan «Amudaryo» qishlogʻidagi “Tayanch” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida shu hududda yashovchi aholiga 100 tadan ortiq Davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shuningdek,  aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida markaz tomonidan kofe breyk tashkil qilindi.

Xorazm viloyati boʻyicha mazkur yilda    12 700 dan ziyod tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, ularning qariyb  660ga yaqini sayyor tartibda amalga oshirildi.

Davlat xizmatlari markazlarida aholiga tezkor, sifatli va keng turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish maqsadida samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, joriy yildan boshlab Davlat xizmatlari markazlarida aholiga innovatsion texnologiyalar va zamon talablariga mos ravishda koʻrsatib kelinayotgan 50 turdagi xizmatlar soni 120 taga yetkazildi. 2020 yilgacha xizmatlar sonini 160 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Joriy yil 8 oyi davomida viloyatimiz tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga  564 mingdan ortiq xizmatlar koʻrsatildi. Jumladan, dori vositalari chakana savdosi bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma, yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida, ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish, tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini litsenziyalash, elektron raqamli imzo kalitlarini berish, qurilish-montaj ishlariga ruxsatnoma berish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish  va qayta roʻyxatdan oʻtkazish va boshqa koʻplab davlat xizmatlari shular jumlasidandir.

Aholini markazlar faoliyati, koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan vohaning eng olis, chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlar va ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda. Shuningdek, viloyatdagi tuman (shaxar) markazlariga borib  522 ta huquqiy-ijtimoiy targʻibot uchrashuvlari ham oʻtkazildi. Mazkur tadbirlarda aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, qonunchilikdagi yangiliklar xususida maʼlumotlar berib boriladi.

Eʼtiborlisi olib borilayotgan islohotlarning barida xalqimiz manfaatlari, huquq va burchlari davlat ximoyasi ostiga olingan boʻlib, turli byurokratik, sansalorlik va korrupsiyaning oldini olish, xalqimizning davlat idoralaridan rozi boʻlib yashashiga xizmat qilmoqda.

 Maftuna Roʻzimatova,

Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasining 

jamoatchilik bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.