Davlatimiz rahbari «Lukoyl» kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi

0
35
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni «Lukoyl» kompaniyasi asoschisi Vagit Alekperovni qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasining Oʻzbekiston energetika sohasidagi loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini oʻzlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va neft mahsulotlarini chakana sotish tizimini rivojlantirish shular jumlasidan.

Kompaniyaning mamlakatimizdagi faoliyatini kengaytirish rejalari yuzasidan fikr almashildi. Mutaxassislarni tayyorlash va ishga joylashtirish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.