Davlatimiz rahbari Nagoya merini qabul qildi

0
89
marta koʻrilgan.

Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, taʼlim, turizm va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.

2020 yilga moʻljallangan qoʻshma tadbirlar «yoʻl xaritasi»ni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Uchrashuv soʻngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi oʻrtasida Sheriklik toʻgʻrisida bitim imzolandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.