7 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Valentina Matviyenkoni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishga ikki mamlakat parlamentlari faol hissa qoʻshayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Muloqot yakunida parlamentlararo hamkorlikni, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yanada rivojlantirish muhim ekani taʼkidlandi.