Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boshqarmasi tasarrufida tashkil etilgan yangi harbiy qism uchun bunyod qilingan shaharcha majmuasi foydalanishga topshirildi.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 24 yanvardagi tegishli qaroriga asosan, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari tasarrufida yangi harbiy qism tashkil etilgan edi. Endilikda ushbu harbiy qismning toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun harbiy shaharcha hududida maʼmuriy binolar va boshqa zarur obyektlar, harbiy xizmatchilar uchun 48 xonadonli xizmat uyi yangidan qurib bitkazildi.