Deputat bu kim? Xalq vakili!

0
895
marta koʻrilgan.

Deputat xalqimiz muammolarini, elning ogʻriqli nuqtalarini oʻz vakolatlaridan foydalanib, parlamentga yetkaza oladigan, shu muammoni hal etishga kerakli mutassis va tashkilotlarning eʼtiborini qarata oladigan inson boʻlishi kerak deb oʻylayman. Bugun men sizlarga oʻzimning ustozimni, deputatlik vakolatisiz ham xalq xizmatida yurgan zaxmatkash, mehnatkash insonni tanishtirmoqchiman.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Bekchanova Dilbar Zaripovna Xorazm viloyatining  117- Urganch saylov okrugidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodi koʻrsatilgan. Partiyamiz vakilasi 1962 yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek. Maʼlumoti oliy. Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini 1985 yili tugatgan. (Bugungi Oʻzbekiston Milliy universiteti). Ixtisosi-jurnalist. Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi aʼzosi.

Mehnat faoliyatini “Xorazm haqiqati” gazetasida muxbirlikdan 1985 yilda boshlagan. U yerda 1996 yilgacha ishladi. Shu bilan birga jamoatchilik asosida viloyat yoshlar tashkilotida oʻrinbosar sifatida ham faoliyat yuritdi. Keyinchalik  respublika nashrlari «Turkiston» hamda “Oila va jamiyat” gazetalarida Xorazm viloyati muxbiri boʻlib ishlab,  respublikamiz davriy nashrlarida oʻzining dolzarb muammolarga bagʻishlangan maqola va ocherklari, tanqidiy-tahliliy maqolalari bilan jamoatchilikka tanildi.

Mohir jurnalist bir necha marta respublika tanlovlarining gʻolibi boʻldi. Muallif oʻzining doimiy prinsiplariga, yaʼni kasbi -koridan, mansab- martabasidan, qayerda istiqomat qilishidan qatʼiy nazar har bir zamondoshimizning bugungi quvonch va tashvishlari, ichki tuygʻulari, kechmish-kechirmishlarini tasvirlash, ularning har birida shaxs qiyofasini koʻra olish, oʻzgalarga ular haqida ibratli tarzda hikoya qila olish tamoyiliga amal qiladi. D.Bekchanova faol, isteʼdodli, intiluvchan, asosiysi mehnatkash va kasbiga, doʻstlariga sadoqatli,  shogirdlariga mehribon inson.  Oʻz fikri, prinsiplariga ega.

Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining kuchi tobora ortayotgan, jamiyatda demokartik oʻsishning shakllanayotgan, OAVning bosqichma-bosqich “toʻrtinchi hokimiyat”ga aylanayotgan, respublikamizning ochiqlik sari dadil odimlayotgan davrida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi sifatida davlat siyosati va jamiyatda oʻrnatilgan qoidalarni aholi ong-shuuriga singdirishda munoib xizmat qilib kelayapti.

Oʻzbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi Xorazm viloyati kengashi rahbari oʻrinbosari boʻlib ishlagan kezlari ustozdan koʻp oʻgitlar oldik. Bugungi kunda ham maslahatlashib turamiz.  Ustoz kamtar, ezgu fikrli, ezgu amalli inson!  Men ustozga oldida turgan yuksak davondan kechib oʻtishida tilakdoshman,

⠀ Asqar SULTONOV,  OʻzMTDP Xorazm viloyat Kengashi bosh mutaxassisi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.