Deputatlik guruhlarilari  el orasida, muammolarni hal etish tashvishida

0
180
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda poytaxtimizning barcha tumanlarida OʻzLiDeP partiya Kengashlarining deputatlik guruhlari va partiya aʼzolari tomonidan okruglarga tashriflar amalga oshirilib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektori aʼzolari va mahalla faollari bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Sergeli tumanidagi “31-Uchuvchilar” okrugida  joylashgan  4 sektor shtabida oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida okrugda joylashgan mahallalarda tumanning ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilmagan va aholi uchun zarur boʻlgan bolalar maydonchalari va sport maydonchalari barpo etish masalalariga doir takliflar muhokama etildi. Shu oʻrinda, “Ziyokor”, “Shukrona”, “Xalqobod” va “Madaniyat” mahalla faollari tomonidan koʻp qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning avtomashinalari uchun avtoturargohlar qurish masalalari boʻyicha ham takliflar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

“Qoʻshqurgʻon” mahalla raisi Oʻ.Ziyaev mahalla hududida maktabgacha taʼlim muassasasi yoʻqligi, aholi tomonidan koʻplab murojaatlar boʻlayotgani va mazkur masalani shahar miqyosida hal etilishida amaliy yordam berishni soʻrab murojaat etdi. Murojaatga javoban deputatlik guruhi aʼzolari muammoni hal etilishida tegishli vazirlik va tashkilotlarga xatlar yuborilishi toʻgʻrisida  maʼlum qilindi.

Uchrashuv yakunida Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati H.Qoʻchqarova va Xalq deputatlari Sergeli tumani Kengashi deputati X.Dadabayev navbatdagi oʻtkaziladigan uchrashuvda bolalar maydonchalari va sport maydonchalarining namunaviy loyihalari taqdimotini oʻtkazishi xamda qurilish uchun tavsiya etilayotgan joylarni borib koʻrish boʻyicha kelishib olindi.

Shuningdek, deputatlar va sektor faollari sektorda joylashgan koʻp qavatli uylar atroflarida obodonlashtirish masalalarini kuzdan kechirib, mavjud bolalar maydonchalari holatlarini yaqindan oʻrganib chiqdilar.

X.Dadabayev, Xalq deputatlari Sergeli tumani kengashi deputati,

Kommunal va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.