Dilbuloq mahallasida Navroʻz shukuhi

0
48
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi Dilbuloq mahallasiga bu yilgi Navroʻz yanada koʻtarinkilik bilan keldi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida zamonaviy mahalla idorasi qurildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Koʻp qavatli uylar yoʻlagi va ichki koʻchalar, yertoʻlalar taʼmirlandi. Anhor boʻyi tartibga keltirilib, obod sayilgohga aylantirildi. Ishkomlar, nihollar, piyodalar yoʻlaklari mahallaga koʻrk bagʻishladi.

Oʻtgan yili kuzda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 4 ming tup daraxt va buta koʻchati oʻtqazilgan edi. Shu kunlarda koʻp qavatli uylar oldidagi maydonlarga rayhon, namozshomgul kabi gullar ekildi.

Dilbuloq mahallasida 6 ming 700 nafardan ziyod aholi yashaydi. Mahalla xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uch yuzga yaqin savdo, sanoat va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida mahalliy yoshlar va ayollar ishlamoqda.  Maktabgacha taʼlim tashkiloti, oilaviy poliklinika, ixtisoslashtirilgan sport maktabi, pedagogika instituti filiali faoliyat yuritmoqda.

“Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududga 360 ta videokuzatuv moslamalari oʻrnatilgan, ular mahalla profilaktika inspektori xizmat xonasiga ulangan.

Oʻtgan yili 112 kishi ishga joylashtirilib, 181 nafari oʻzini-oʻzi band qilgan. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 23 ta loyihaga kredit va oʻnga yaqin fuqaroga subsidiya ajratilgan. Xususan, bu yerda tikuvchilik sexi, goʻzallik saloni, poligrafiya va kompyuter xizmatlari, kutubxona, oziq-ovqat va qandolat doʻkonlari tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari ushbu majmualarni koʻzdan kechirdi, mahalla ahli bilan samimiy suhbatlashdi.

— Avvalo, sizlarni ulugʻ ayyom kunlari bilan, kelayotgan Navroʻz bilan tabriklayman. Mahallangizdagi obodlikni, ish joylarini, bayram nafasini koʻrib, xursand boʻldim. Nima uchun hududlarda koʻp yuraman? Chunki men odamlarga ishonaman. Hamma mahallalarni shunday oʻzgartirishga harakat qilishimiz kerak. Mamlakatimizda 9 ming 450 ta, Toshkentda 585 ta mahalla bor. Hozir ularga iqtisodiy kompleks tashkilotlarini biriktiradigan tizim qilayapmiz. Maqsadimiz — har bir xonadonga, har bir insonga yetib borish. Xalqning roziligi, duolariga munosib boʻlish hammamizga nasib etsin, — dedi Prezident.

Shu boradagi manzilli chora-tadbirlar “mahalla yettiligi” va mutasaddilar bilan muloqotda muhokama qilindi.

— Xabaringiz bor, iqtisodiy kompleks tashkilotlarini mahallalarga biriktirayapmiz. Bunda banklarning ham oʻrni bor. Ular orqali tumanlardagi korxonalarga qoʻshimcha sharoit yaratib, yengil kreditlar berib, yana ish oʻrinlari ochishini qoʻllab-quvvatlash kerak. Endi mahallalar ham zamonga munosib, harakatchan boʻlishi lozim. Umuman, ishlayman degan odamga sharoit yaratib berishimiz shart, — dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilar iqtisodiy kompleks faoliyatini mahallalarda tashkil etish, shahar sharoitida odamlarni ish bilan taʼminlash vazifalari toʻgʻrisida axborot berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.