Doʻstlar va hamkorlardan samimiy qutlovlar

0
52
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga uning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan qutlovlar kelmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Xorijiy hamkorlar mamlakatimiz yetakchisini samimiy qutlar ekan, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

Tabriknomalarda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish va yurtimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan ortga qaytmas islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani alohida qayd etilgan. 

Quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin,

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan,

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev,

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov,

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon,

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov,

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov,

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko,

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella,

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Valentina Matviyenko,

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin,

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon,

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min,

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.