DUO OLGAN OMONDIR

0
5337
views

Xalqimizda “duo olgan omondir…” degan hikmat mavjud. Elimiz odamlari har ishda yoshlarga ezgu tilaklar bildiradilar. Aziz mushtariylarimizga oliy toifali shifokor Xolida Ochilovaning insonlar, ayniqsa yoshlar kamolini tilab aytgan duolarini yangi yil sovgʻasi sifatida taqdim etamiz.

Omin degan omon boʻlsin,

Mustaqillik zamon tursin.

Oʻgʻil-qizlar oʻsib, unsin,

Xizir buvam nazar qilsin.

Tuprogʻimiz oltin boʻlsin,

Rizqimiz butin boʻlsin.

Roʻzgʻorimiz toʻkin boʻlsin,

Mustahkam qoʻrgʻon boʻlsin.

Qoʻrangizda toy, qoʻy boʻlsin,

Koʻrganingiz toʻy-toʻy boʻlsin.

Farzandingiz omon boʻlsin,

Joningizga darmon boʻlsin.

Dasturxonda osh-non boʻlsin,

Yurtda doim hur tong boʻlsin.

Qadamamizdan gullar unsin

Hovlimizda toʻylar boʻlsin!

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here