Dushanbe shahrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi

0
406
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Emomali Rahmon Dushanbe shahrida tashkil etilgan Nizomiddin Alisher Navoiy nomidagi istirohat bogʻiga tashrif buyurdi.  

Mazkur park Tojikiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan. Farmoyishda tojik va oʻzbek xalqlarining doʻstligi ramzi sifatida bogʻ markaziga Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykali oʻrnatilishi belgilangan. Haykal loyihasini yaratish boʻyicha tanlov oʻtkazilgan.  

Davlatimiz rahbarining tashrifi arafasida parkka buyuk mutafakkir shoirlar haykali oʻrnatildi. 27 sentyabr kuni bu yerga davlat va hukumat vakillari, adiblar, yoshlar jam boʻldi. 

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mazkur istirohat bogʻi va haykalni tantanali ravishda ochdi. Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali poyiga gullar qoʻydi.

Tojikistonda shunday bogʻ va yodgorlik majmuasi ochilishini bu borada mamlakatimizda qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi deyish mumkin. Maʼlumki, joriy yil 7 mart kuni Samarqand shahrining Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida Navoiy va Jomiy haykali oʻrnatilgan edi. Yana bir eʼtiborli jihati, bu park yonidagi koʻcha ham Abdurahmon Jomiy nomi bilan atalgan, Navoiy bogʻi boshqa bir fors-tojik shoiri Abu Abdullo Rudakiy maydoni bilan tutashib ketgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.