Dzyudo: Boburmirzo, Nilufar va Sitada oltin medallar…

0
119
marta koʻrilgan.

Kecha Livan poytaxti Beyrut shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati start oldi. Qitʼa gʻolibligi, shu bilan birga III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi muhim reyting ochkolar yigʻish imkoniyati boʻlgan ushbu turnirda oʻzbekistonlik yosh dzyudochilar ham ishtirok etishmoqda. 

Yosh sportchilarimiz musobaqaning dastlabki kunidayoq sovrinlarni qoʻlga kirita boshlashdi. Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Boburmirzo Sharifjonov (-50kg) barcha raqiblarini yengib, oltin medal sohibi boʻldi. Shuningdek, Jayhunbek Nazarov(-66kg), Maqsud Ochilov (-55kg) kumush, Tehron Erkinov (-60kg) esa bronza medaliga sazovor boʻlishdi.
 
Qizlar oʻrtasidagi bahslarda Nilufar Yermagambetova (-52kg) va Sita Qadamboyeva (-48kg) oltin, Halimajon Qurbonova (-44kg) kumush va Fotimaxon Tursunboyeva (-40kg) bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
 
Qitʼamizning 20 mamlakatidan 400 nafarga yaqin sportchi gʻolib va sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib borayapti.
 
Manba: OʻzA
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.