YeXHTNING OAV ERKINLIGI MASALALARI BOʻYICHA VAKILI BILAN UCHRASHUV

0
154
marta koʻrilgan.

2019 yil 21 may kuni Oʻzbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, YeXHT hamda Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlarning doimiy vakili Sherzod Asadov YeXHT ning OAV erkinligi masalalari boʻyicha vakili Arlem Dezir bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va YeXHT ning OAV erkinligi masalalari boʻyicha vakili oʻrtasida ochiq va doʻstona muloqot oʻrnatilganini mamnuniyat bilan qayd etishdi, ikki taraflama hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Arlem Dizer Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat yuritishi uchun zarur sharoit yaratish, jurnalistlar nufuzi mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan harakatlarni, shuningdek, xorijiy yangiliklar saytlari va inson huquqlari boʻyicha veb-resurslardan toʻlaqonli foydalanish imkoni tiklanganini alohida eʼtirof etdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, xususan, OAV rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish va axborotlarni hech qanday toʻsiqlarsiz olish kabi masalalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida YeXHT ning OAV erkinligi masalalari boʻyicha vakili mandati doirasida 2019 yilning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda qator tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.