“Ehtirom-2018” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi

0
344
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizning «Osiyo Grand» restoranida faol va sermahsul ijod qilayotgan sanʼat va madaniyat vakillari hamda oʻz ijodiy tajribalari bilan yoshlarga ibrat boʻlayotgan ustoz sanʼatkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish maqsadida “Ehtirom-2018” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

“Ehtirom” mukofotining oʻziga xosligi shundaki, u yil davomida sanʼat va madaniyatimizning turli yoʻnalishlarida faol va sermahsul ijod qilgan fidoyi, zahmatkash ijodkorlarni taqdirlaydi, ularga ehtirom koʻrsatadi.

Yilning eng yaxshi spektakli, Yilning eng faol aktrisasi, Yilning eng faol aktyori kabi 31 ta yoʻnalish boʻyicha mukofotlar topshirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.