“Ehtirom” mukofoti sovrindorlari

0
495
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan “Ehtirom” mukofotining navbatdagi sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ochib, uchinchi marotaba oʻtkazilgan ushbu tanlovdan koʻzlangan maqsad – ustoz ijodkorlarning mehnatlarini munosib qadrlash, yosh sanʼatkorlar ijodini eʼtirof etish va ularni kelgusida ulkan ijodiy parvozlarga daʼvat qilishdan iborat ekanligini  taʼkidladi.

“Ehtirom” mukofoti madaniyat va sanʼat sohalarining 5 ta yoʻnalish boʻyicha 29 ta nominatsiyalarni qamrab olgan boʻlib, u yil davomida oʻzbek madaniyati va sanʼati   yuksalishiga oʻz ijodlari bilan munosib hissa qoʻshgan   fidoyilarni taqdirlaydi.

– Ijod ahliga eʼtibor, ehtirom, bir ogʻiz ezgu tilak ham ruhiy madad beradi, ijodkorga qanot bagʻishlaydi, – deydi “Yil adibi” nominatsiyasi gʻolibi Xurshid DOʻSTMUHAMMAD. – Oʻtgan yili buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy hayotiga bagʻishlab “Yolgʻiz” nomli qissa yozdim va u oʻzbek drama teatrida sahnalashtirildi. Men uchun ushbu qissa sahna asariga ham aylagani  unutilmas bir voqea boʻldi. Bugungi  eʼtirof esa ikki karra quvontirdi.

–  “Avloniy” filmining  yutugʻi jamoamizning  gʻolibligi hisoblanadi. – deydi “Yilning eng yaxshi rejissyori” nominatsiyasi gʻolibi Muzaffarxon ERKINOV. –Chunki eng yaxshi aktyor yoʻnalishida ham bizning filmda bosh rol ijro etgan aktyor Alisher Yoʻldoshev gʻolib deb topildi.  Bu eʼtirof jamoa birgalikda, bahamjihatlikda ishlayotganligini oʻzida  ifoda etadi.

– Xorazm raqslari joni-dilim. Sahnaga chiqqanimda parvoz qilayotgandek boʻlaman. Ushbu mukofot meni yanada ulugʻvor parvozlarga undaydi, – deydi «Yil raqqosasi yoʻnalishi gʻolibi Dilnoza ORTIQOVA.

Barcha gʻoliblarni ulugʻvor eʼtirof bilan qutlaymiz.

R. SAPAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.