IQAir Havo sifati indeksiga koʻra, Oʻzbekiston poytaxti havo ifloslanishi boʻyicha dunyo shaharlari reytingida birinchi oʻntalikka chiqdi.
Ushbu reyting maʼlumotlariga koʻra, Toshkent havosidagi konsentratsiya PM2.5 (mayda dispers chang zarrachalari) Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan normadan 8-10 baravarga koʻproqdir. Bunday havo zaif guruhlar uchun zararli hisoblanadi. Shu bois, mutaxassislar tomonidan koʻchalarda niqob taqib yurish va oynalarni yopish tavsiya etilmoqda.
Kuzatuvlarga koʻra, Toshkent havosining iflosligiga eng katta sabab avtomobillardan oʻta keng foydalanish boʻlib qolmoqda. Poytaxt koʻchalaridagi mashinalarning koʻpchiligi eskirgan. Ularning baʼzilari Sovet Ittifoqi davridan qolgan, zamonaviy mashinalarga qaraganda koʻproq zaharli tutun chiqaruvchi eski motorlarga ega, deyiladi tashkilot hisobotida.
Havoning ifloslanishiga yana bir katta sabab deya Toshkentdagi korxonalar, quvvat stansiyalari va boshqa sanoat inshootlaridan chiqadigan chiqindilar qayd etildi. Bundan tashqari, Toshkentda koʻmir va boshqa qazilma materiallar yoqilishi tumanga sabab boʻlmoqda.
Kuzatuvchilar oxirgi yillarda Toshkentda koʻlami keskin oshgan quruvchilik hosil qiluvchi chang, yashil hududlarning kamayishi, hamda iqlim isishi tufayli paydo boʻlgan chang boʻronlari ham havo darajasini yomonlashtirganini alohida taʼkidlashmoqda.
Ifloslangan havo keltirib chiqaradigan kasalliklarning baʼzilari qisqa muddatli yoki oʻtkir muammolarni oʻz ichiga oladi.
Shuningdek, pnevmoniya, bronxit, amfizem va astma xurujlari kabi nafas olish kasalliklari, shuningdek oʻpka toʻqimalarining chandiqlari va keyinchalik uning toʻliq faoliyatining pasayishi xavfi tugʻiladi.
Koʻrib turganingizdek, ushbu muammo har birimizga tegishli, chunki uning oqibatlari oilamizga, farzandlarimizga taʼsir qiladi.
Manbaa: UzA. uz