Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyasining chegaraviy oʻlchami va moliyalashtirish tartibini belgilash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi taqdim etildi.
Nizomda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyatlari — bakalavr va magistratura, malaka oshirish va stjirovka dasturlari sohiblariga xorijda taʼlim olashlari uchun bir oy va bir yilga ajratiladigan turar-joy, kunlik va boshqa xarajatlarining eng yuqori meʼyorlari koʻrsatilgan.