Elektr energiyasi tarmogʻidagi cheklovlar keskin kamayadi

0
306
marta koʻrilgan.
Mamlakatimizga Turkmanistondan 500 kVli havo tarmogʻi orqali elektr energiya importiga start berildi, deyiladi OʻzA xabarida.
 
Bu Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimidagi «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati va Turkmaniston Respublikasining «Turkmanenergo» davlat elektr energetika koorporatsiyasi bilan 2019-2020 yillarda elektr energiyasini import qilish yuzasidan erishilgan kelishuvga binoan amalga oshirildi.
 
 «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining joriy yil 29 noyabrda bergan rasmiy bayonotiga koʻra, ushbu kelishuvga asosan joriy yilning 1 dekabr kunidan mamlakatimiz elektr energiyasi taʼminotida ijobiy oʻzgarishlar roʻy berib, tarmoqdagi cheklovlar keskin kamayishi maʼlum qilingan edi.
 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.