Elmira Bositxonova saylangan deputatlardan faollik kutmoqda

0
256
marta koʻrilgan.

 Toshkent shahridagi 674-saylov uchastkasiga takroriy ovoz berish uchun kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Elmira Bositxonovaning saylov haqidagi fikrlarini OʻzA muxbiri yozib oldi.

– Bugun takroriy ovoz berish jarayonida yana bir bor oʻzim tanlagan nomzodga ovoz berdim, – dedi E.Bositxonova. – “Yangi Oʻzbekiston – yangi saylovlar” shiori ostida oʻtayotgan ushbu siyosiy jarayonlarning har bir kuni oʻziga xos boʻlmoqda. Ayniqsa, bu yilgi saylovlarda ayol nomzodlarning koʻpligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sababi xotin-qizlarning parlamentdagi rolini oshirsak, ularning ijtimoiy faolligi yanada ortadi. Saylovlar Oʻzbekistonni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Biz kelgusida yangi saylangan deputatlardan istiqbolli islohotlarda faol qatnashishini kutib qolamiz. Bu saʼy-harakatlarda esa, avvalo, xalq manfaatlari birinchi oʻrinni egallaydi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.