Endi talabalarga toʻlov-kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda toʻlash huquqi beriladi

0
783
marta koʻrilgan.

Oliy taʼlim tizimida bir qator yangiliklar amalga oshirildi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining telegramdagi kanalida xabar berilishcha, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan barcha bosqich talabalariga, oʻz xohishlariga koʻra toʻlov-kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda toʻlash huquqi berildi.

OTMlarga qabul kvotalari qariyb 20 foizga oshirilib, 120 mingdan ortiq abituriyentlar talabalikka qabul qilinadi.

Joriy yilda ilk marotaba  «Amaliy koinot texnologiyalari»; «Raqamli iqtisodiyot»; «Texnologik taʼlim»; «Maktabgacha taʼlim psixologiyasi va pedagogikasi»; «Urbanistika»; «Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati»; «Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi»; «Sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar boshqaruvi»; «Elektron tijorat»; «Maktab menejmenti» kabi sohalar boʻyicha bakalavriat yoʻnalishlariga qabul amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul qilishda bakalavriat bitiruvchilariga bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga turdosh boʻlmagan magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ham tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.  

Oʻqishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlar keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat natijalariga asosan test sinovlarisiz talabalikka qabul qilinadi.

Shuningdek, “MMFI” (Moskva muhandislik-fizika instituti) milliy tadqiqot yadro universiteti» Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialida bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari 100 kishi miqdorida quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha belgilandi: Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi; Yadro fizikasi va texnologiyalari ; Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi; Elektroenergetika va elektrotexnika.

Filialda kadrlar tayyorlash faqat grant asosida amalga oshiriladi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida Muhandislik matematikasi, kompyuter fanlari va texnologik menejment yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston – Isroil fakulteti tashkil etiladi.

Shu bilan birga yana OʻzMu huzurida Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi ham tashkil etiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.