Eng korrupsiyalashgan tuzilmaga aylanmasa deb qoʻrqaman

0
194
marta koʻrilgan.

Hokim yordamchisi lavozimi joriy etilganiga hali koʻp boʻlgani yoʻq. Ammo shu davr ichida qator hokim yordamchilari pora olish va firibgarlik holati boʻyicha «qoʻlga olindi».

Navbatdagi «qahramonimiz» — Sharof Rashidov tumani «Oqtosh ota» mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi 2000 dollar pora olayotganida qoʻlga olinibdi.

Yana bularga shuncha imtiyoz, katta maosh, alohida eʼtibor, maxsus kiyim… Kamiga Hukumat kecha maʼlumoti boʻlmaganlarini davlat oliygohlarida imtiyozli oʻqishi uchun qaror ham chiqardi. Shu imtiyozlardan ozginasi jurnalistlarga berilganidami…

Maʼlumot oʻrnida: 1092 nafar hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan ham shugʻullangani aniqlangandi.

Manbaa: Olimjon OʻSAROV kanali

Tahririyatdan: Darhaqiqat, bu masala  «kasallik»ka, «dard»ga aylanib boryapti.  Kasallikni davolagandan koʻra oldini olgan maʼqul. Kasallikni qanday oldini olish mumkin?  Ushbu masala butun jamiyatni oʻylantirishi kerak boʻlgan vazifadir.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.