Eng yomoni, amnistiyani qoʻllashda jabrlangan taraf va jamoatchilik fikri inobatga olinmagan, bu esa fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda

0
91
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 25 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali marosimdagi nutqidan:

Albatta, amnistiya jinoyat sodir etgan odamlarni kechirish boʻyicha muhim mexanizmlardan biri. Biroq, tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, oldindan chuqur oʻrganmasdan turib javobgarlikdan ozod qilishni belgilash qilmishiga pushaymon boʻlmagan, yetkazilgan zararni toʻliq qoplamagan shaxslar ham amnistiya doirasiga kirib qolishiga sabab boʻlgan. Bu masalada, ming afsuski, korrupsiya holatlari ham yoʻq emas.

Bu esa ana shunday kimsalarda jazoni his etmaslik, bizga hamma narsa mumkin, degan notoʻgʻri kayfiyatning shakllanishiga olib kelgan.

Eng yomoni, amnistiyani qoʻllashda jabrlangan taraf va jamoatchilik fikri inobatga olinmagan, bu esa fuqarolarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Shuning uchun, afsuski, amnistiya boʻyicha ozod qilingan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlari ham uchramoqda.

Ana shu holatlarni inobatga olib, maxsus komissiya tomonidan jazo oʻtayotgan har bir shaxs bilan alohida suhbat oʻtkazildi, u yashagan mahalla ahli, jabrlangan odamlarning fikri oʻrganildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.