Yengil atletikachilarimiz Xitoy Gran-prisida oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi

0
122
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda Xitoyning Szyan Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika boʻyicha Osiyo Gran-pri turniri boʻlib oʻtmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqaning birinchi bosqich bellashuvlari yakunlandi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etayotgan 3 ishtirokchimizdan 2 nafari bosqichni medal bilan yakunlashdi. Balandlikka sakrash bahsida Nadiya Dusanova 1.89 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Ruslan Qurbonov uch hatlab sakrash sektorida shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi. 100 metrga yugurish bellashuvida esa Nigina Sharipova toʻrtinchi natijani qayd etgan.

Reglamentga koʻra 7 iyun kuni Gran-prining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot markazi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.