Eron Prezidenti Oʻzbekiston yetakchisini saylovdagi gʻalabasi bilan samimiy qutladi

0
34
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy telefon orqali muloqot qildilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida Eron rahbari mamlakatimiz yetakchisini kuni kecha Oʻzbekistonda oʻtgan muddatidan ilgari Prezident saylovida ishonchli gʻalaba qozongani bilan samimiy tabrikladi.

Eron Prezidenti ushbu mamlakatning Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiyning salomi va tabriklarini ham yetkazdi.

Joriy yilning iyun oyida Eronga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Qabul qilingan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga kirishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol muloqotlarni, shu jumladan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari va hududlar maʼmuriyatlari darajasidagi aloqalarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, jumladan, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.