Yetimlar himoyasi – Kaʼba ziyorati

0
135
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 11 fevral kuni Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida​”gi qarorga imzo qoʻydi.

 Unga koʻra 2019 yil 1 martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun toʻlanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 soʻmni tashkil qiladi, keyinchalik inflyasiya hajmidan kam boʻlmagan miqdorda oshirib boriladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab esa jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida toʻlanadi.

Qarorda ushbu masalaga daxldor vazirlik va tashkilotlarning  amalga oshirishi lozim boʻlgan vazifalari ham belgilab berilgan. Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni himoya qilishni kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Shuningdek, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilarining yashash va taʼlim-tarbiya olishini yanada yuksaltirish uchun koʻplab imkoniyatlar yaratilishi belgilangan.

Mazkur qarorning toʻliq matni bilan saytimizning “Savol-javob” ruknida toʻliq tanishishingiz mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.