Ezgulik– asl goʻzallik

0
439
marta koʻrilgan.

Hazrat Ali uydan olti dirham olib bozorga bordilar. Endi savdo qilayotgan paytda ikki kishining kelishmay turganini koʻrdilar. Biri qarzini qistar, ikkinchisi biroz muhlat berishini soʻrab yalinardi. Olti dirhamini ularga berib tinchitgan hazrat Ali uyga boʻsh qaytishga majbur boʻldilar:

– Ota, meva olib keldingizmi? Yeydigan hech narsa olmadingizmi, ota?  Ota, ochman!

Hazrat Alining yuragi parcha-parcha boʻldi. Koʻzlari yoshga toʻldi. «Hozir olib kelaman», deb uydan chiqdilar. Nima qilishni, qayerga borishni bilmasdilar. Shu payt oldilaridan tuya yetaklagan kishi chiqdi.

– Ali, tuya olasanmi?

– Hozir pulim yoʻq.

– Keyin berarsan, senga ishonaman.

– Unday boʻlsa, olaman. Qancha?

– Yuz dirham.

– Mayli, oldim. Tuyani yetaklab toʻgʻri bozorga bordilar. U yerda tuyaga darhol xaridor chiqdi.

– Tuya sotasanmi, Ali?

– Ha, sotaman.

– Uch yuz dirhamga sotasanmi?

– Ha, oling.

Pulga darhol bozor-oʻchar qildilar, bolalariga yegulik, mevalar xarid qilib uyga kaytdilar. Oʻsha kuni uylarida bayram boʻldi. Bir tomondan yuz bergan voqea muhokama qilinar, ikkinchi yondan taom hozirlanardi. Shu kuni Paygʻambar alayhissalom ularnikiga keldilar.

– Senga tuya sotgan odam kimligini bilasanmi, Ali?

– Yoʻq, Allohning rasuli.

– Hazrat Jabroil edi. Tuyangni kim olganini bilasanmi?

– Yoʻq, Allohning rasuli.

– U zot hazrat Isrofil edi. Tuya esa jannat tuyalaridandir. Bir musulmonni ehtiyojdan qutqarganing uchun buyuk Alloh seni mukofotladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.