“Fara”larni yoqib yurish boʻyicha talab ikki yilga uzaytirildi

0
185
marta koʻrilgan.

Maʼlumki, Hukumatning 9 apreldagi qarori bilan barcha transport vositalariga chiroqlarni kunduzi yoqib yurish boʻyicha talab qoʻyilgan edi.

Tartib joriy etilgandan soʻng oʻtgan davr davomida Ichki ishlar vazirligi tomonidan Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ushbu tartib tahlil qilindi hamda tegishli loyiha may oyining boshida Hukumatga kiritilgan.

Qabul qilingan Hukumat qaroriga (460-son, 04.06.2019 y.) muvofiq “faralar” boʻyicha qatʼiy talab haydovchilarga emas, ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladi.

Yaʼni qarorga koʻra 2021 yil 1 yanvarga qadar kunduzi chiroqlarni yoqib harakatlanish shartligi toʻgʻrisidagi talab faqatgina avtomatik yonib turuvchi kunduzgi chiroqlari bor mashinalarga nisbatan tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga sutkaning yorugʻ vaqtida avtomatik yonadigan chiroqlar oʻrnatish majburiy etib belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari boʻlmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, Hukumat topshirigʻiga asosan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga ham tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini (hozirda 101 ming 365 soʻm) kamaytirishga oid tegishli Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.