Fargʻona shahrida yangi massiv qurilmoqda

0
259
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fargʻona shahrida “Yangi Oʻzbekiston” massivining qurilish maydonida boʻldi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

300 gektarli ushbu massivda 298 ta koʻp qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Shundan 80 tasi bu yil tadbirkorlar tomonidan barpo etiladi.

Shuningdek, ikkita umumtaʼlim maktabi, uchta maktabgacha taʼlim tashkiloti, tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat shoxobchalari, sport majmuasi va masjid quriladi. 50 gektarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonasi aholini ish bilan taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

Massiv oʻrtasidagi 70 gektar maydonda “Yangi Oʻzbekiston bogʻi” va sunʼiy koʻl tashkil etiladi. Hozirdanoq 10 ming tupdan ziyod daraxt koʻchatlari oʻtqazilgan. Jami 21 ming tup ekilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Fargʻona tumanining “Yangi asr”, Yozyovon tumanining “Yuqori soyboʻyi” mahallalarida ham “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etiladi.

Joriy yilda Fargʻona viloyatida jami 9 ming 429 kvartirali 244 ta koʻp qavatli uy foydalanishga toshiriladi.

Davlatimiz rahbari hududga kommunikatsiya tarmoqlari tortish, uylarga zamonaviy xizmat koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Prezident Fargʻona viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.