Fargʻona viloyatida «Har bir oila — tadbirkor» dasturi uchun 100 million dollar ajratish rejalashtirilmoqda

0
132
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Oltiariq tumanida Fargʻona viloyati faollari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. 

Fargʻona viloyati sanoat tovarlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish, xizmat koʻrsatish, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan tovarlar va boshqa koʻrsatkichlar boʻyicha respublikadagi oʻrtacha darajadan bir necha barobar orqada ekani tanqid ostiga olindi.

Biz oʻzimizga juda katta yuk olganmiz. Xalqimizni rozi qilishimiz kerak. Fargʻona viloyati hamma soha boʻyicha hali oʻzining yoʻlini topgani yoʻq. Iqtisodiyotda, maishiy hayotda koʻp muammolar toʻplanib qolgan. Lekin rahbar shuning uchun rahbar — masalaga yechim topishi kerak. Buning uchun vatanni sevishi, oʻzini qiynashi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Odamlarni rozi qilish uchun ularni ish bilan taʼminlash, buning uchun investitsiyalar jalb etish va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha vazifalar belgilab berildi. Xususan, viloyatda 101 mingta ish oʻrni yaratish imkoniyati borligi koʻrsatib oʻtildi.

«Har bir oila — tadbirkor» dasturini Fargʻona viloyatida amalga oshirish uchun oilalarning tadbirkorlik imkoniyatlarini oʻrganish, zarur boʻladigan moliyaviy resurslarni hisob-kitob qilib, kamida 100 million dollar ajratish boʻyicha topshiriq berildi.

Yigʻilishda koʻrilgan masalalar boʻyicha mutasaddilarning hisobotlari eshitildi. Aholi talablaridan kelib chiqib zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.