Fargʻonada 2000 dan ortiq erkak oʻqituvchi maktablarga qaytdi

0
111
marta koʻrilgan.

Bu haqda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Xalqaro press-klubning Fargʻonada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy oʻzgarishlarga bagʻishlangan sayyor sessiyasida maʼlum qildi:

➖ Kambagʻallikni qisqartirishning eng asosiy vositasi bu — taʼlim. Davlatimiz rahbarining taʼlim sohasida qilgan islohotlari oʻqituvchini maktabga qaytarishdan, uning obroʻsini tiklashdan, oyliklarni oshirishdan boshladilar. Fargʻona viloyatining oʻzida 2000 dan ortiq erkak oʻqituvchi maktablarga qaytdi.

Viloyatda 129 ta maktabda oddiy isitish pechlari yoʻq edi, 85 ta maktabga ichimlik suvi olib kelindi, 109 ta maktab devori oʻraldi. 3 yilda maktablar soni 27 taga koʻpaydi.

Manbaa:@aoka_uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.