Fargʻonada 7 milliard dollarlik investitsiya loyihalari rejalashtirilgan

0
22
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Fargʻona viloyatida rejalashtirilgan yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Keyingi yetti yilda Fargʻona viloyatiga qariyb 77 trillion soʻmlik investitsiyalar jalb etilgan. Ularning natijasida 116 mingta ish oʻrni va 4,5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan. 

Bu yil viloyatda 1,3 milliard dollarlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. 

Endi Fargʻona viloyatida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 7 milliard dollardan ziyod 132 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan 2,1 milliard dollarlik 25 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi. 

Loyihalarga Avstriya, AQSH, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Quvayt, Yaponiya va Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular toʻqimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, qurilish materiallari, xizmat koʻrsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan. 

Masalan, Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Uchkoʻprik tumanida qiymati 50 million dollarga keramik plitalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.  Buning natijasida 500 nafar yangi ish oʻrni yaratiladi. Quva tumanida Saudiya Arabistoni investorlari bilan birgalikda isitish va sovutish tizimlari ehtiyot qismlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Qiymati 50 million dollarlik  ushbu loyiha yakunlangach, 350 kishining bandligi taʼminlanadi.

Mazkur 132 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 23 mingdan ortiq aholi ish bilan taʼminlanadi.

Prezidentimiz mutasaddilarga loyihalarning huquqiy-tashkiliy asoslarini tezlashtirish, investorlar uchun barcha sharotlarni taʼminlash  boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.