FedCup. Oʻzbekiston tennischi qizlari Yangi Zelandiya tennischilarini yirik hisobda magʻlub etishdi

0
129
marta koʻrilgan.

Bahraynda tennis boʻyicha qizlar oʻrtasida norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan «Federatsiya kubogi»ning ikkinchi guruh bahslari yakunlandi.

Tennischilarimiz guruhdagi ikkinchi oʻyinni Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi oʻtkazdilar. 
 
Avvaliga yakkalik bahslarida Nigina Abduraimova Jeyd Lyuisni 7:5, 6:3 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Sabina Sharipova esa Yerin Rutliffdan 7:5, 6:1 hisoblarida ustun keldi. 
 
Juftlik bahslarida esa Oqgul Omonmurodova hamda Yasmina Karimjonova tandemi raqiblarning Fenning/Vestbari juftligini 7:5, 6:1 hisobida magʻlub etdilar.
 
Shu tariqa, Oʻzbekiston — Yangi Zelandiya qarama-qarshiligi 3:0 koʻrinishida yakunlandi. Birinchi bahsda tennischilarimiz Livan terma jamoasini shunday hisobida magʻlub etgandilar. 
 
Endi tennischilarimiz 10 fevral kuni Indoneziya terma jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadilar.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.