Federika Mogerini Toshkentga keldi

0
118
views

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerini «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portalida.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi. 

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasining asosiy tadbirlari 27 martga moʻljallangan. 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here