Feruza mahallasi ahlining quvonchlari

0
282
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda mamlakatimiz poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Feruza mahallasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlarini koʻrib bahru-dilingiz yayraydi.

Koʻp qavatli xonadonlarning atrofiga asvalt yotqizilib, ariq boʻylariga gul, mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Ushbu mahalla aholisi, ayniqsa yoshi ulugʻ otaxon va onaxonlarning soya-salqin joylarda xordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratildi.

Bolajonlar oʻynaydigan maydonchalarning soni ham sifati ham aholi talabiga javob beradigan koʻrinishga egaligi bilan barchaning dilini xushnud etadi. Ayniqsa, maydonining bir tomoniga oʻrnatilgan turli trinajyor uskunalar 7yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan aholining sport bilan shugʻullanadigan sevimli maskaniga aylangan. Ayniqsa ushbu qulayliklardan keng foydalanayotgan bolalar oʻzaro bellashuvlar ham tashkil etmoqdalar. Ularning zavq-u shavqi esa kattalarga ruhiy osayishtalik bagʻishlamoqda.  Albatta, yaratilayotgan ushbu  imkoniyatlar salomatlik garovidir. Sogʻlom tanda sogʻlom aql deydi xalqimiz.

— Oʻn yildan beri shu mahallada istiqomat qilamiz. Oʻtgan yili pandemiya sababli karantin eʼlon qilinib, koʻp vaqtimiz uyimizda oʻtdi. Bu yil mahallamizda ancha oʻzgarishlar boʻldi. Mana bunday dam olish joydarida qoʻshnilar bilan suhbatlashib, vaqtimiz mazmunli oʻtmoqda.,- deydi 84-bahorni qarshilagan, Toʻydagul momo hursand boʻlib. — Nevara-evaralarimiz oʻynaydigan maydonchalarni koʻrib bahru-dilimiz ochiladi. Buning uchun avvalo Prezidentimizga, qolaversa, mahallamiz raisi, faollari, shu ishlarning boshida turgan barcha ishchi-xodimlarga oʻz minnatdorligimizni bildiramiz. Hayotimiz bundanda farovon boʻlishini soʻraymiz, deya duoga qoʻl ochadi onaxonlar.

Ha, bunday yangilanishlar yurtimizning barcha goʻshalarida amalga oshirilmoqda. Faqatgina xalqimiz buni qadrlab, avaylab-asrashi, har bir fuqaro oʻzi yashayotgan mahallasining ozodaligi, obodonligi uchun masʼuliyatni his qilib yashashi muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidlash lozim.

Muhabbat Xoʻjamurodova, jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.