Fransiya FF prezidenti mahkamasi boshligʻi va Texnik direktori oʻrinbosari “Bunyodkor”, “Paxtakor” va «Lokomotiv» klublari bilan tanishdi

0
269
marta koʻrilgan.
  Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti mahkamasi boshligʻi Janob Kenni Jan Mari va Texnik direktor oʻrinbosari Lyudovik Debryu 14 mart kuni yurtimizga tashrif buyurishdi.
 
Milliy olimpiya qoʻmitasida fransiyalik yuqori martabali mehmonlarni Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, OʻFA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov va Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov qabul qilishdi va fikr almashishdi.
 
Bugun Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu poytaxt klublari bilan yaqindan tanishishdi. Ularga FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy hamrohlik qildi.

Avval, “Bunyodkor” stadioniga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi. Mehmonlar stadion yuqori saviyada va juda chiroyli barpo etilganiga alohida urgʻu berishdi. Shundan soʻng Jan Mari va Lyudovik Debryu “Bunyodkor” klubi akademiyasida boʻlishdi. Akademiya tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, yotoqxona, ovqatlanish xonasi, basseyn, dam olish xonasi, mashgʻulotlar maydonchalarini koʻzdan kechirishdi. Ular bu yerdagi shart-sharoitlarni yuqori baholashdi.

Shundan soʻng Fransiya futbol federatsiyasi mutassaddilari “Paxtakor” klubiga tashrif buyurishdi. “Paxtakor” klubi stadionini koʻzdan kechirish chogʻida mehmonlarga klubning boy tarixi haqida maʼlumot berildi. Kenni Jan Mari va Lyudovik Debryu “Paxtakor” stadioniga ham yuqori baho berishdi.

Keyin esa fransuz mutassaddilari “Lokomotiv” klubiga tashrif buyurib, bu klub stadionini koʻzdan kechirishdi. Klubda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.